Ozarbayjonning Armanistonga nisbatan hududiy da’vosi yo‘q – Aliyev

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bakuning Yerevanga nisbatan hududiy da’vosi yo‘qligini bildirdi. Bu haqda u “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.

Jurnalist Aneliz Borjes Ilhom Aliyevga Qorabog‘da yashovchi fuqaroning siyosatchilarni urush boshlab, o‘g‘illarini o‘ldirishda ayblagan voqeani aytib bergan. Ayolning fikricha, siyosatchilar urushlarni boshlamasdan, muammolarni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishi kerak.

“Sizning vazifangiz nima deb o‘ylaysiz? Barqaror tinchlik o‘rnatish yoki urushda g‘alaba qozonish?” deya so‘ragan jurnalist Aliyevdan.

Prezident esa unga javoban tinchlikka erishish uchun Armaniston buni xohlashi kerakligini aytgan.

“Endi tinchlik masalasi kun tartibida. Agar Armaniston tinchlik istasa, biz bunga erishamiz. Chunki bizning Armanistonga nisbatan hududiy da’volarimiz yo‘q. Biz esa ularning Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volari bo‘lishini istamaymiz”, deydi Ilhom Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari tomonidan vaqtincha nazorat qilinadigan Qorabog‘ hududida yashovchi odamlar Ozarbayjon fuqarolari.

“Qorabog‘ aholisi tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi – ular Ozarbayjon fuqarosi sifatida yashashadimi yoki ketishadimi, bu ularning tanlovi. Bu biz ularning ketishini xohlayotganimiz uchun emas, Armaniston bizni uyushgan etnik tozalashda ayblagani uchun ham emas. Biz ularga tanlash imkoniyatini beramiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Shuningdek, Ilhom Aliyev yaqin oylarda Armaniston bilan tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilishini aytgan.

“Birgina to‘siq – Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida rasman tan olishni istamagan. Ha, ular buni og‘zaki bayonotlar bilan qildi, bu ham ularning pozitsiyasidir. Lekin ular hujjatni imzolashlari kerak. Umid qilamanki, Armaniston bilan tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanadi va bu yaqin oylarda amalga oshadi”, deydi Ozarbayjon Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing