Ozarbayjonlik “vor v zakone” Lotu Guli Turkiyada o‘ldirib ketildi

Olam

image

Turkiyaning Antaliya shahrida jinoiy olamda Lotu Guli nomi bilan tanilgan “qonundagi o‘g‘ri” Nodir Salifov o‘ldirib ketildi. Bu haqda Turkiyaning bosh axborot manbasi – Anadolu agentligi xabar bermoqda. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ozarbayjon “vor v zakone” restoranda tushlik paytida otib o‘ldirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otib o‘ldirilgan Xul Axmedilinskiy, Gulining ichki doirasi a’zosi bo‘lgan. Boshining og‘ir yarasi bilan Guli shifoxonaga yotqizilgan va u hushiga kelmasdan vafot etgan. 

Qotil esa voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, u Denizli shahriga olib boradigan magistralda ushlangan. 

Marhum zamonaviy o‘g‘rilar dunyosining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lgani aytiladi. 1972 yilda tug‘ilgan marhum umrining ko‘p yillarini Ozarbayjon koloniyalarida o‘tkazgan. Guli 2000 yilda “qonundagi o‘g‘ri” maqomini olgan. 

2017 yilda u 12 yillik qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach, ozod qilindi va Turkiyaga ko‘chib o‘tdi. U o‘sha yerdan turib jinoiy imperiyasini boshqargan. 

2019 yil 1 noyabrda Rossiya tergovchilari chet ellarda yashirinib yurgan "Lotu Guli" nomi bilan tanilgan ozarbayjonlik jinoyatchi Nodir Salifovga qarshi jinoiy iyerarxiyada yuqori o‘rinni egallab olgani uchun jinoiy ish ochgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lotu Guli

Baholaganlar

1295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar