Ozarbayjondan yana bir O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
21 aprel 2025 5584 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar oyida Ozarbayjonda aniqlanib, hibsga olingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxs O‘zbekistonga topshirildi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) bo‘yicha sud hukmini ijro etish uchun 1962 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.R.ni topshirish so‘rovi Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qanoatlantirilgan.
“Fuqarolik, oila va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi 2002 yil 7 oktyabrdagi Konvensiyaga asosan O.R.ning ekstraditsiyasi to‘g‘risida qaror qabul qilinib, u O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga Adliya vazirligining Jazoni ijro etish xizmati maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oyning boshida ham Ozarbayjon qidiruvda bo‘lgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.X.ni rasmiy Toshkentga topshirgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust