Ozarbayjonda metro vagonlariga rasm chizgan fransuz uch yilga qamaldi

Olam

image

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Ozarbayjonning Baku shahri metrosida vagonda rasm chizgani uchun hibsga olingan Fransiya fuqarosi Klerk Tego Gyugo 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Turan” nashri хабар berdi.

Qayd etilishicha, sudda Gyugodan tashqari Yangi Zelandiya fuqarosi Ismael de Sent Kvent va Avstraliya fuqarosi Xan Paul ham ayblangan. Sud metroda hech qanday salbiy ma’noga ega bo‘lmagan graffit rasmni bezorilik va davlat mulkiga zarar yetkazish deb, baholagan.

Fransiya fuqarosi 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, unga hamrohlik qilgan do‘stlari esa 6 ming 800 manat (3 500 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.

Advokatning ta’kidlashicha, zarar allaqachon to‘liq qoplangan, hatto poyezdning to‘xtab turishi oqibatida yo‘qolgan foyda uchun kompensatsiya ham hisobga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing