Ozarbayjonda BBC faoliyati to‘xtatildi
Olam
−
21 fevral 3378 1 daqiqa
Ozarbayjon hukumati BBC Ozarbayjon xizmatining Bakudagi ofisini yopishni talab qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Nashrning yozishicha, BBC jurnalistlari vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar Bakudagi faoliyatini to‘xtatgan, biroq BBC ozarbayjon tilida xabar berishni davom ettirish niyatidaligini bildirgan.
BBC'ga ko‘ra, kompaniya Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining og‘zaki buyrug‘idan so‘ng ofisni vaqtincha yopish bo‘yicha “majburiy qaror” qabul qilgan. Bir qator mediakorporatsiya vakillari ushbu qarorni “matbuot erkinligini cheklash”, deb baholagan.
“Biz matbuot erkinligini cheklovchi bu choradan chuqur afsusdamiz. Bu Ozarbayjondagi voqealarni yoritish bo‘yicha ishimizni, mamlakatimiz ichidagi va tashqaridagi tomoshabinlar bilan bo‘lgan munosabatimizni juda qiyinlashtiradi”, deydi BBC vakili.
Ma’lumot uchun, BBC Ozarbayjonda 1994 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Ozarbayjon rasmiylari hozircha bu talab bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjonda Amerika xalqaro taraqqiyot agentligi USAID ofisi, shuningdek, Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” tashkiloti yopilgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr