Ozarbayjon Yevrokengash parlament assambleyasidan chiqdi

Olam

image

Ozarbayjon 24 yanvar, chorshanba kuni Yevrokengash parlament assambleyasi(YeKPA)da qatnashmasligini e’lon qildi. Bu haqda “Abzas.org” ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Ozarbayjon o‘ziga nisbatan adolatsiz va noto‘g‘ri munosabat bilan murosa qilmoqchi emas va hozirda nafaqat YeKPA, balki umuman Yevrokengashdan chiqish tartibi ham rasmiy Baku tomonidan o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, Ozarbayjon Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining yurisdiksiyasini tan olishdan bosh tortishi mumkin.

“Yevrokengash parlament assambleyasida chidab bo‘lmas irqchilik, ozarfobiya va islomofobiya fonida Ozarbayjon delegatsiyasi YeKPA bilan hamkorlikni va uning tashkilotdagi ishtirokini noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi” degan Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari Samad Seyidov.

U ushbu bayonotidan so‘ng delegatsiyaning yig‘ilish joyini tark etgan.

Samad Seyidovga ko‘ra, Ozarbayjon o‘ziga nisbatan bu adolatsiz va noto‘g‘ri munosabatni qabul qilmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, qishki yalpi majlisning ochilish kunida YeKPA deputatlari Ozarbayjon delegatsiyasining vakolatlarini mamlakat Yevropa kengashi oldidagi majburiyatlarini bajarmagani uchun ratifikatsiya qilishdan bosh tortgandi.

Parlament Assambleyasining nemis deputati Frank Shvabe bunga Ozarbayjonda siyosiy mahbuslar sonining ko‘payishi, Qorabog‘dan odamlarning majburiy ko‘chirilishi, Assambleya spikerlarining 2023 yilda kamida uch marta Ozarbayjonga kelmagani va 7 fevral kuni mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga taklif qilinmaganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Fransiya YeIni Ozarbayjonga qarshi sanksiya qo‘llashga chaqirgan edi, bunga esa Ozarbayjon parlamenti, Tashqi ishlar vazirligiga Fransiyaning mustaqillik da’vo qiluvchi Kanaka, Maoxi Nui va Korsika hududlari suverenitetini tan olish choralarini ko‘rishni topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Evrokengash assambleya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made