Ozarbayjon Turkiyaga qutqaruv guruhi jo‘natadi
Olam
−
06 fevral 2023
2790Ozarbayjon Turkiyaga zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlariga yordam berish uchun 370 nafar qutqaruvchidan iborat guruhni yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun ertalab Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi birinchi samolyotni jo‘natish uchun tayyorgarlikni boshladi. 370 kishidan iborat mobil qutqaruvchilar guruhi qardosh yurtga jo‘nab ketdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi 7 ta viloyatda 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali zilzila sodir bo‘lib, oqibatda halok bo‘lganlar soni 284 nafarga yetgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi