Ozarbayjon tasodifan Rossiya vertolyotini urib tushirganini tan oldi
Olam
−
09 noyabr 2020
11654Biroz avval, Armaniston va Ozarbayjonning chegara hududida Rossiya Qurolli kulariga tegishli Mi-24 vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar bergan edik.
Oradan ko‘p o‘tmay, Armaniston Ozarbayjon tomoni Rossiyaning Mi-24 vertolyotini urib tushirganligini aks ettiruvchi suratlarni e’lon qildi.
Rasmiy Baku esa Rossiya vertolyotini urib tushirganini tan oldi va bu tasodif tufayli yuz berganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Ozarbayjon Rossiya tomoniga baxtsiz hodisa uchun tovon to‘lashga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, vertolyot halokatida ikki kishi halok bo‘ldi va bir nafari o‘rta og‘irlikda jarohatlandi.
LiveBarchasi