Ozarbayjon Maslahat uchrashuvlariga to‘la huquqli a’zo bo‘ladi
Jamiyat
−
16 noyabr 2025 2025 1 daqiqa
Ozarbayjon Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilinadi. Bu haqda bugun, 16 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent sammitida ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlar manfaatlariga to‘liq javob beradi.
Live
Barchasi