Ozarbayjon maxsus xizmatlari Eronning josuslik tarmog‘ini fosh qildi

Olam

image

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Eron maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan razvedka va qo‘poruvchilik faoliyatini bostirish va mamlakat josuslik tarmog‘ini fosh etish bo‘yicha bir qator tezkor-tergov tadbirlarini davom ettirmoqda. 

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Kaspiy dengizidagi dengiz kemalaridan birida kapitan bo‘lib ishlagan mamlakat fuqarosi Zohir Askerov Eronning Qum shahrida diniy ta’lim davrida qo‘shni davlat maxsus xizmatlari vakillari tomonidan ishga olingan

Razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Askerov ushbu ma’lumotlardan Ozarbayjon suvereniteti va mudofaa qobiliyatiga ziyon yetkazish maqsadida Ozarbayjonda faoliyat yuritayotgan kompaniya va xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, Kaspiy dengizida harbiy-dengiz mashqlari o‘tkaziladigan joy va vaqtlar, neft platformalariga yetkazilgan yuklar haqida ma’lumot to‘plagan. 

Xabarda aytilishicha, davlatga xiyonatda ayblanayotgan Zohir Askerov mobil telefon orqali ham, Erondagi bevosita uchrashuvlari orqali ham ma’lumotlarni uzatgan. 

Bundan tashqari, 2018 yilda Eronda davolanib, qo‘shni davlat maxsus xizmatlari vakillari bilan yashirin hamkorlik qilishga kelishib olgan Ozarbayjon fuqarosi Elnur Rasulovning “Maysa” va “Doktor” chaqiruv belgilari ostida josuslik qilgani fakti aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rasulov Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Tehrondagi “mijozlarga” ma’lumotlarni uzatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing