Ozarbayjon xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qildi

Olam

image

Ozarbayjon qidiruvda bo‘lgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Arslon Xolmirzayevni rasmiy Toshkentga topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, uning ekstraditsiyasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining so‘roviga binoan amalga oshirilgan. Arslon  Xolmirzayev firibgarlik yo‘li bilan katta miqdorda zarar yetkazishda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. 

U 2025 yil yanvar oyida Ozarbayjonda qo‘lga olingan, shundan so‘ng sud unga qamoqda saqlash chorasi qo‘llanishi bo‘yicha qaror chiqargan. Ekstraditsiya 2002 yil 7 oktyabrda imzolangan “Fuqarolik, oila va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi konvensiyaga muvofiq Ozarbayjon Adliya vazirligi Jazoni ijro etish xizmati kolonnasi hamrohligida amalga oshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil mart oyida ham xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Ozarbayjonda qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zbekiston Ozarbayjon xalqaro qidiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing