Ozarbayjon BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo qator davlatlarning pozitsiyasidan norozi
Olam
−
21 dekabr 2022 3551 2 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga a’zo qator davlatlar Ozarbayjonga nisbatan noxolis va biryoqlama pozitsiyani namoyon etmoqda, bu esa chuqur xavotirga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik kengashida respublikaning Qorabog‘ iqtisodiy mintaqasidagi vaziyat muhokamasiga javoban ma’lum qildi.
Baku mahalliy aholi foydalanishi uchun tovarlar yetkazib berish yoki zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidladi.
“Ozarbayjon yana bir bor barcha mamlakatlarni BMT Nizomi va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan majburiyatlarga rioya qilishga, Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan bayonotlardan tiyilishga chaqiradi. Xalqaro hamjamiyat Yerevanni siyosiy va harbiy provokatsiyalarni to‘xtatishga, tajovuzkor ritorika va harakatlardan voz kechishga, davlatlararo munosabatlar doirasida barcha masalalarni tinch diplomatik yechimga erishishga ishontirishi kerak”, deyiladi TIV xabarida.
14 dekabr kuni Armaniston Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishni majburlash talabi bilan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qildi. 12 dekabr kuni Ozarbayjon ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarining bir guruh faollari Qorabog‘dagi Lochin-Shusha yo‘lida Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan hududlarda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishga qarshi norozilik aksiyasini boshladi. Ekologik faollar chodirlar o‘rnatib, “noqonuniy ekspluatatsiya ko‘paygani kuzatilayotgan” Qizilbulog‘ va Damirli konlariga yetib bormaguncha ketish niyatida emasliklarini aytishdi.
Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Yerevan bugun, 21 dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashini mintaqadagi gumanitar vaziyatni baholash uchun (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ga missiya yuborishga chaqirdi.
Live
Barchasi