Ozarbayjon askari Armanistonda umrbodga qamaldi
Olam
−
06 dekabr 2023
8032Armanistonda asirlikda bo‘lgan Ozarbayjon armiyasi askari Husayn Oxundovning jazosi og‘irlashtirildi. Bu haqda arman ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, Zangezur mis-molibden zavodi (ZMMZ) qorovulini o‘ldirganlikda ayblanib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan askar Husayn Oxundovning hukmi umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.
“Jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudi sudyasi Grigor Ovannisyan raisligida o‘tkazilgan sud majlisida ZMMZ qo‘riqchisi Ayrapet Meliksetyanning merosxo‘rlari shikoyati qanoatlantirildi, birinchi instansiya hukmi qisman bekor qilindi va Oxundov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Ozarbayjon armiyasining askarlari – 2004 yilda tug‘ilgan Agshin Gabil o‘g‘li Babirov va 2003 yilda tug‘ilgan Husayn Ahliman o‘g‘li Oxundov joriy yilning 9 aprel kuni Naxchivon Muxtor Respublikasining Shahbuz tumani chegarasi hududida bedarak yo‘qolgan edi.
Armaniston Mudofaa vazirligi 13 aprel kuni Ozarbayjon askarlari hibsga olinganini tan oldi. Ijtimoiy tarmoqlar va arman ommaviy axborot vositalarida armanlar asirga olingan ozarbayjon askarini kaltaklab, qattiq qiynoqqa solayotgani tasvirlari e’lon qilindi.
Armaniston sudi 8 may kuni Agshin Babirovni 11,5 yilga, Husayn Oxundovni esa 21 iyun kuni 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Ozarbayjonni o‘t ochishda ayblagandi.
LiveBarchasi
16:25