Ozarbayjon 30 askarning jasadini Armanistonga topshirdi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Hukumatiga 30 nafar arman harbiy xizmatchisining jasadini topshirdi. Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

“24 yanvar kuni qutqaruv guruhlari Fizuli, Kashatag va Matagis hududlarida qidiruv ishlarini olib bordi. Ushbu ishlar natijasida Ozarbayjon tomoni 30 nafar armanistonlik harbiy xizmatchining jasadini topshirdi. Jasadlar tanib bo‘lmaydigan holatda. Ularni aniqlash uchun sud ekspertizasi tayinlangan”, deyiladi xabarda.

Armaniston Hukumati Qorabog‘dagi jang paytida deyarli 3,5 ming kishi halok bo‘lganini da’vo qilmoqda. Yo‘qolganlarning soni ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni qidirishda Rossiya tinchlikparvar kuchlari va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing