Oyog‘i singan Konor 3 haftada mashg‘ulotlarga qaytdi
Sport
−
31 iyul 2021
11834Kecha, 30 iyul kuni UFC superyulduzi Konor Makgregor sport zaliga tashrif buyurib, mashq jarayonlariga qatnashdi. Bu haqda TMZ nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, 31 yoshli jangchi 4 soatlik og‘ir operatsiyani boshidan o‘tkazganiga bir oy to‘lar-to‘lmas mashg‘ulotlarga qaytgan. Zalga tashrif buyurgan Konor bir necha yengil harakatlar va mashqlar qilib, bir qator mushaklar ustida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni UFC 264 turniri doirasida Makgregor va Pore o‘rtasidagi bahs o‘tkazilgan edi. Birinchi raund oxirida Konor noqulay tarzda oyog‘ini sindirib olgan, Dastin esa texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishgandi.
Ushbu jarohati sabab irlandiyalik jangchi 2022 yilning 7 yanvar kuniga qadar UFC'dan chetlatildi. Tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra, Konor 2021 yil janglarda qatnasha olmaydi. Shuningdek, avgust oyi o‘rtalariga qadar, sparring janglar o‘tkazishi taqiqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Konor Makgregor MMA'dagi faoliyati davomida 28 bahsda ishtirok etgan. Uning hisobida 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.
LiveBarchasi