Oyatulloh Ali Homanaiy Eronning yangi Prezidentini tasdiqladi (video)

Olam

image

Bugun, 3 avgust kuni Tehronda Eronning yangi Prezidenti Ibrohim Raisiyni lavozimiga tasdiqlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, marosim chog‘ida mamlakatning diniy yetakchisi va Oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy yangi Prezidentni tasdiqlagan. Bundan tashqari, Eron Ichki ishlar vaziri Abdulreza Rahmoniy Fazli prezidentlik saylovlari haqidagi hisobotni taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Raisiyning qasamiyod marosimi (inauguratsiyasi) 5 avgustda bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 18-19 iyun kunlari Eronda davlatning 13-Prezidentini saylash jarayonlari o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Oliy sud raisi 60 yoshli siyosatchi Ibrohim Raisiy 17,8 million ovoz yig‘ib g‘alaba qozondi. U keyingi 4 yil mobaynida davlatni boshqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing