Ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yganlar moliyaviy jarimaga tortiladi
Jamiyat
−
03 iyun 2023 19216 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2023 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida “Oqilona iste’mol” dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 31 may kuni imzolangan qarorda so‘z boradi.
Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
- davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat iste’molinining oqilona me’yorini belgilash, ortiqcha iste’molni kamaytirish, shu jumladan, bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish me’yorini belgilash;
- umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va iste’molchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;
- aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda me’yoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash;
- isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llash va nazorat mexanizmlarini o‘natish.
Live
Barchasi