OTV talabalarga muhim murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, talabalar uchun qishki ta’til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirilgan, bunda talabalarning temir yo‘l hamda aviachiptalari boshqa muddatga bepul almashtirib berilishi, shuningdek 50 foizlik chegirmalar muddati 24 yanvarga qadar belgilangan edi.

Bugun, 7 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hududlardagi temir yo‘l kassalarida biletini almashtirmoqchi bo‘lgan talabalarning katta navbatlari yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ talabalarga murojaat bilan chiqdi.

“Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham, 11 yanvargacha bo‘lgan davrga xarid qilingan avia va temiryo‘l chiptalarini bepul tarzda almashtirib berish muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilganini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Shunday ekan, aziz talabalar, hurmatli ota-onalar 24 yanvarga qadar zaxirangizda qariyb 17 kun bor”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, barcha talabalarning 11 yanvargacha bo‘lgan davrga xarid qilingan temiryo‘l chiptalari to‘liq bepul tarzda almashtirib berilishini, ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilganini ham ma’lum qildi.

“Talabalar chiptalarni joylardagi (shahar, tuman) temiryo‘l kassalaridan ham almashtirish imkoniga ega. Shularni hisobga olgan holda, sizdan chipta kassalarida uzoq navbatlarda turib, vaqtingizni behudaga sarflamasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

911

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing