OTMlar bitiruvchilarning ishga joylashishi haqida hisobot beradi

Jamiyat

image

2019/2020 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasi statistika hisobotining yangi shakli tasdiqlandi.

«Kunduzgi ta’lim shaklidagi bakalavriat talabalarining kurslar, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti» yillik hisobot shaklining 1-bo‘limiga tuzatishlar kiritildi. Quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim:

to‘lov-kontrakt asosida o‘qigan bakalavriat bitiruvchilarining nechtasi egallagan bilimlari yoki o‘xshash ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashganligi, shuningdek boshqa faoliyat sohasiga ishga joylashganlar soni;
grant asosida o‘qigan va ishga yo‘llanma olgan bakalavriat talabalarining nechtasi berilgan yo‘llanma bo‘yicha ishga joylashganligi.

Mazkur  hujjat 4.09.2019 yildan kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

bitiruvchilarning ishga

Baholaganlar

35

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar