OTMga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilish tartibiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur o‘zgarish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorida bayon qilingan.

Qaror bilan Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

Yangi nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

• Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika tanlovi hamda mazkur yo‘nalishlardagi xalqaro tanlovlarning g‘oliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha bo‘yicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi;

• agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan bo‘lsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi;

•  agar ayrim ta’lim yo‘nalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, abituriyentga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi ijodiy imtihomlar pandemiya sababli ko‘plab OTMlarda bekor qilindi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing