OTMga onlayn qabulda yana uzilishlar kuzatilishi mumkin

Jamiyat

image

Davlat test markazining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, abituriyentlarning pasport ma’lumotlarni Davlat personallashtirish markazidan olinadi. Davlat personallashtirish markazida texnik ishlar olib borilmoqda. Bu haqda DTM xabar berdi.

Qayd etilishicha, abituriyent ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini dasturga kiritganda, mazkur ma’lumotlar asosida Davlat personallashtirish markaziga so‘rov yuborilib, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, rasmi kabi ma’lumotlar Davlat personallashtirish markazining bazasidan real vaqtda olinadi.

Hozirda Davlat personallashtirish markazi bazasi ishlamayotganligi sababli, my.dtm.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Ayni vaqtda Davlat personallashtirish markazi tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatibo‘ o‘tamiz, avvalroq DTM binosida “svet” o‘chgani bois, onlayn qabulda muammolar bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing