OTMga kirishda imtiyoz beriladigan toifa bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
03 mart 2022
16220O‘zbekistonda “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarida bo‘lim boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari ham joriy etilgan.
“Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi hisoblanib, Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari muassasa faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Qarorga ko‘ra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi rahbarligida 10-11-sinf o‘quvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. O‘quvchilar unga ixtiyoriy a’zo bo‘ladi.
2022/2023 o‘quv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni a’lo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladi.
Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.
LiveBarchasi