OTMga kirish imtihonlari qachon boshlanishi mumkinligi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Imtihon 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Taklif loyiha shaklida tegishli tashkilotga kiritilgan. Imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin”, deydi mutasaddi.

Imtihon o‘tkazish vaqtlari o‘tgan yildagidek birinchi smena soat 7:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smenani 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Taklif berganmiz. Davlat qabul komissiyasi tasdiqlaganidan keyin rasman e’lon qilamiz”, deydi DTM mas’uli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing