OTM uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.

Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu – 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani. Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirildi. Bularning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi.

Prezidentning qayd etishicha, kelasi yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi.

“Endi, olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing