OTBdan olingan 50 mln dollarga 3 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 28 may kuni ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Osiyo taraqqiyot bankining 50 million dollar krediti hisobidan aholi zich, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan tumanlarda kamida 3 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi qayd etilgan.

Shuningdek, uy-joyning boshlang‘ich badali uchun subsidiya to‘lash tartibini soddalashtirish hamda muddatini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Hududlarni obod qilish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Joriy yilda 7 ming 794 ta qishloq va mahalladagi sharoitlarini yaxshilash uchun 18 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llar qurish va ta’mirlashga yana 300 million dollar ajratilgan.

Prezident bu boradagi ishlar ijrosini tanqid qilib, mutasaddilarga qoloqlikni bartaraf etish va loyihalarni sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing