OTB O‘zbekistonga yana 2,8 milliard dollar qarz beradi

Jamiyat

image

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2022-2024 yillar davomida O‘zbekistonga yana 2,8 milliard dollar kredit ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazir Jamshid Xo‘jayev OTB vitse-prezidenti Bryus Gosper bilan videokonferensaloqa orqali muloqot o‘tkazgan. Suhbat davomida Gosper O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan. 

“Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha biznes rejasi doirasida O‘zbekistonda 2,8 milliard dollarlik 27 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Matbuot xizmati ma’lum qildi. Loyihalarning joriy portfeli infratuzilmaviy qurilish, energetika, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi 3,7 milliard dollarlik 24 ta loyihadan iborat ekanligi aytildi”, deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 274 million dollarlik 1 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolangan hamda ipoteka bozori sektorini rivojlantirish va byudjetni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy qiymati 650 million dollarlik 2 ta loyiha bo‘yicha muzokaralar yakunlangan.

Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda suv ta’minoti loyihalari uchun 161 million dollar ajratgani haqida xabar qilgan edik.

Bugungi kunga qadar O‘zbekiston OTBdan umumiy qiymati 10,4 milliard dollar bo‘lgan 228 ta davlat sektori kreditlari, grantlar va texnik yordamlar olgan. Bank tomonidan O‘zbekistonga ajratilgan jami kreditlar hajmi esa shu paytgacha 6,57 milliard dollar edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing