OTB O‘zbekistonga yana 162 mln dollar kredit ajratdi. Pullar nimaga sarflanadi?

Jamiyat

image

Kecha, 15 dekabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston g‘arbidagi yirik shaharlarni bog‘lovchi 465 kilometrli temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, temir yo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 million dollarlik kredit ajratishni ma’qulladi.

Loyiha doirasida Buxoro, Miskin (Qoraqalpog‘istondagi posyolka), Urganch va Xorazm  UNESCO'ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shaharlarini bog‘lovchi yo‘lni elektrlashtiriladi. Bu soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlar Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish hamda poytaxt Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkonini beradi.

“Ishonchli va xavfsiz transport infratuzilmasi dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning asosiy omili hisoblanadi. Shuningdek, OTB loyihasi merosga boy Xorazm viloyatini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratishga, SOVID-19 dan jabrlangan turizmni tiklashga yordam beradi va mamlakatni mintaqaviy tranzit  sifatida yanada mustahkamlaydi”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Loyiha Xitoy Xalq Respublikasini Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘laydigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining (Central Asia Regional Economic Cooperation – SAREC) ikkinchi  qismidir. Bu poyezdlar qatnovi chastotasi va sifatini kengaytirish orqali O‘zbekistonning qo‘shni va undan uzoq davlatlar bilan turizm va savdo aloqalarini yaxshilashga yordam beradi.

OTB, shuningdek, elektron chiptalar tizimini ishlab chiqish, ayollarni turizmni boshqarish bo‘yicha o‘qitish va jalb qilish hamda ayollar, bolalar, qariyalar  uchun kirish va xavfsizlik funksiyalari mavjud bo‘lgan poyezd stansiyalari atrofidagi shaharlarni rivojlantirishga rahbarlik qilish orqali loyiha hududida turizm industriyasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Buxoro-Xiva” liniyasi elektrlashtirilgach, yillik yo‘lovchi tashish hajmi joriy yildagi 280 ming yo‘lovchidan 2026 yilga kelib 1 million yo‘lovchiga oshishi kutilmoqda. 2026 yilga borib yuk tashish hajmi yiliga jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

“OTB loyihasi qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu O‘zbekistonning temir yo‘l liniyasini dizel dvigatelidan elektr energiyasiga o‘tishini ta’minlash orqali O‘zbekistonning kam uglerodli transportga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatning Parij kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qaratilgan sa’y-harakatlarini ma’qullaydi”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha transport va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Xideaki Ivasaki.

Hukumat, shuningdek, direktorlar kengashi ma’qullagan holda Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankidan 108 million dollar miqdorida kredit so‘radi. Agar so‘rov tasdiqlansa, OTB ushbu kreditni qisman boshqaradi. Bank temir yo‘l operatsiyalari va boshqaruvi bo‘yicha tanlangan qiz talabalarni o‘qitish kabi asosiy gender tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 000 AQSH dollari miqdoridagi texnik yordam grantini taqdim etadi.

O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘lganidan beri bank mamlakat taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 milliard dollardan ortiq kreditlar, grantlar va texnik yordam ajratgan. O‘zbekiston Central Asia Regional Economic Cooperation (CAPEC) a’zosi bo‘lib, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik orqali iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga yordam beradi.

Avvalroq OTB Boshqaruv kengashi O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun sharoitlarni yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratishni ma’qullagandi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing