Otasining fermer xo‘jaligi yerini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan o‘g‘il ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Urgut tumanida otasi rahbarligidagi fermer xo‘jaligi yerini firibgarlik yo‘li bilan sotmochi bo‘lgan o‘g‘il ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.E. otasi rahbarligidagi “O.S.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U.S. ning ishonchiga kirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 14 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing