“Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvi boshlovchisi, olim To‘xtamurod Zufarov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

“Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvida boshlovchilik qilib kelayotgan adabiyotshunos olim, usta sozgar, hattot, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘xtamurod ota Zufarov bugun, 6 oktyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Mahalla” telekanali xabar bermoqda. 

Katta hayotiy tajribaga ega To‘xtamurod ota Zufarov so‘nggi yillarda “Mahalla” telekanali tomonidan efirga uzatib kelinayotgan “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi”, “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” pochtasidan” ko‘rsatuvlarida boshlovchilik qilib kelayotgan edi.

1936 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 

“To‘xtamurod ota Zufarov serqirra faoliyati davomida adabiyotshunoslik, xattotlik va musiqa madaniyatimizga oid boy meros qoldirib ketdi”, deyiladi xabarda. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

To'xtamurod Zufarov

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar