Otabek Umarov haydovchilarning “tonirovka” bo‘yicha talabini olqishladi
Jamiyat
−
20 iyul 2019
30079O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov odamlar orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan “tonirovka” masalasiga o‘z fikrini bildirdi.
“Menga Instagram`dagi sahifam orqali bahsli mavzu — “tonirovka” borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, “tonirovka” mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi.
Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda “tonirovka” mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Avtoulov “tonirovka”si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi”, deydi Otabek Umarov.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bugungi kunda avtomobillar oynasini “tonirovka” qilish masalasi bo‘yicha deputatlar ham o‘z taklifini ishlab chiqdi.
LiveBarchasi