Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Prezident
Jamiyat
−
21 iyun 2019
16270Avvalroq, bugun, 21 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining yalpi majlisi ochilgani haqida xabar bergan edik.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqida 20 iyun kuni o‘z lavozimidan ozod etilgan Bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Otabek Murodov o‘rniga 2015 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi lavozimida ishlab kelgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 31 yanvar kuni imzolagan PF-5320-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha Murodov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr