Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank
Sport
−
04 mart
7280Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi.
Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan.
“Xolmatov tizzadagi jarohati bilan jang qildi. Otabek Xolmatov jangchi”, deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Shunday qilib, Xolmatov profboksdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 24 yoshli Ford esa faoliyatidagi 15-bahsda ham g‘alaba qozonib, WBA kamariga ega chiqdi.
LiveBarchasi