Ot o‘rnini toy bosadi: “Arqadag‘” o‘g‘lining muhim loyihasini ma’qulladi

Olam

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida Bosh vazirning iqtisodiy, bank va xalqaro moliyaviy tashkilotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov 2022 yilgi davlat byudjeti loyihasini tayyorlash to‘g‘risida hisobot berdi. Loyihani Gurbanguli Berdimuhamedov ma’qulladi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” nashri yozmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari o‘z hisobotida “ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilishini”, ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori 10 foizga oshirilishini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov davlat byudjetida aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish, shuningdek, turli ob’ektlar qurish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va elektron sanoatini yaratish bo‘yicha masalalarni ham ko‘zda tutish kerakligini ta’kidlagan.

Xabarga ko‘ra, davlat rahbari taqdim etilgan loyihani ma’qullagan va ko‘rib chiqish uchun Milliy Gengesh Majlisiga yuborgan.

Shuningdek, Prezident Bosh vazir o‘rinbosarlariga murojaat qilib, mamlakatning 2022 yilgi davlat byudjetining asosiy bandlarini batafsil tahlil qilish hamda joriy va taqqoslanadigan narxlarda YAIM o‘sish sur’atlari kutilayotgan prognozlarini aniqlashni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida Prezident o‘g‘liga kelgusi yil uchun davlat byudjeti loyihasini tayyorlashni buyurgandi. Shuningdek, unga daromadni oshirish va qabul qilingan davlat dasturini moliyalashtirish uchun sarmoya manbalarini topishni ham topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

364

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing