“Ot izini toy bosar”: Lukashenkoning o‘g‘li otasining lavozimini egalladi

Olam

image

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko Olimpiya assambleyasi tomonidan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) prezidenti lavozimiga saylandi. 

2019 yildan boshlab Viktor Lukashenko MOQning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 

1997 yildan buyon MOQ prezidenti Belarus davlati rahbari Aleksandr Lukashenko edi. 

Ma’lum qilinishicha, MOQ rahbari lavozimiga dastlab Aleksandr Lukashenko va Viktor Lukashenko nomzodlari ilgari surilgan. 

"Men yana bir muddatga Olimpiya qo‘mitasi rahbari etib saylanishni rejalashtirmagan edim. Sizdan shuni so‘raymanki, agar ma’qul kelsa, sizga to‘ng‘ich o‘g‘limni topshiraman. O‘g‘rilik, korrupsiya, pulni suiiste’mol qilish holatlari bo‘lmaydi, deb va’da beraman. Shuningdek, sportchilar va murabbiylarga nisbatan munosabat ham juda yaxshi bo‘ladi. O‘zimga kelsak, men sport masalalaridan hech qayerga qochmayman", degan Belarus rahbari. 

Olimpiya uchrashuvida Aleksandr Lukashenkoga MOQning faxriy prezidenti bo‘lishni taklif qilishgan. Biroq, Respublika rahbari ushbu taklifni muddatidan oldin ko‘rib chiqib, rad etgan. 

MOQ vitse-prezidenti etib Dmitriy Dovgalyonok qayta saylangan va birinchi vitse-prezident lavozimini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Tegishli taklif MOQning saylangan prezidenti Viktor Lukashenko tomonidan kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Viktor Lukashenko

Baholaganlar

585

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar