Ostona shahrida Alisher Navoiyning haykali o‘rnatiladi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022 3994 1 daqiqa
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Alisher Navoiyning haykali o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
“Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdig‘i, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari abadiyligi ramzidir”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025