Oston O‘runovga “Roma” qiziqish bildirmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Persepolis” klubi a’zosi Oston O‘runovga Rimning “Roma” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Estedade football” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubining skauti 1 yildan buyon O‘runovning o‘yinlarini kuzatib kelmoqda. Rim klubi vakillari Oston O‘runov borasida futbolchining rossiyalik agentlari bilan suhbatlashgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham aynan “Roma”da to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Oston O‘runov joriy mavsum Eron klubi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, O‘runovning qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Persepolis Roma Oston O'runov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing