Osloda Norvegiya terma jamoasi qahramondek kutib olindi

Sport

image

Norvegiya poytaxti Osloda 2026 yilgi Jahon chempionatidan qaytgan milliy terma jamoani kutib olish uchun Aker-Bryugge sohiliga qariyb 100 ming nafar muxlis yig‘ildi. Bu haqda “reuters” nashri xabar berdi.

Terma jamoa futbolchilarini olib kelgan avtobus maydonga yetib kelgach, butun olomon bir vaqtning o‘zida cho‘kkalab, turnir davomida internetda ommalashgan norvegiyalik muxlislarning mashhur “eshkak eshish” bayramona harakatini bajardi.

Muxlislarning o‘z jamoasini bunday qizg‘in qarshi olishi bejiz emas. Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borib, mamlakat futboli tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Skandinaviyaliklarni chorak finalda Angliya 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu uchrashuv bahsli vaziyatlarga boy o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda hakamlar Norvegiyaning hisobni tenglashtiruvchi golini inobatga olmadi, shuningdek, Erling Holandga nisbatan qoidabuzarlik qayd etildi. Ko‘plab mutaxassislar hakamning ushbu qarorini bahsli deb baholadi, ammo hisob o‘zgarmadi.

Shunga qaramay, chorak finalgacha yetib borishning o‘zi norvegiyalik muxlislarning milliy terma jamoaga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing