“Oskar-2026” nomzodlari e’lon qilindi
Madaniyat-san’at
−
22 Yanvar 7660 2 daqiqa
Amerika Kinoakademiyasi “Oskar-2026” kinomukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Nomzodlar ro‘yxati akademiyaning rasmiy saytida keltirilgan.
98-marotaba o‘tkazilayotgan taqdirlash marosimi joriy yilning 15 mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Nomzodlar:
Eng yaxshi aktyor:
- Timoti Shalame – “Buyuk Marti”
- Leonardo Di Kaprio – “Jang ortidan jang”
- Itan Xouk – “Moviy oy”
- Maykl Jordan – “Gunohkorlar”
- Vagner Moura – “Maxfiy agent”
- Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor:
- Benisio del Toro – “Jang ortidan jang”
- Jeykob Elordi – “Frankenshteyn”
- Delroy Lindo – “Gunohkorlar”
- Shon Penn – “Jang ortidan jang”
- Stellan Skarsgard – “Sentimental qadriyat”
Eng yaxshi aktrisa:
- Jessi Bakli – “Hemnet”
- Rouz Birn – “Agar oyoqlarim bo‘lsa, seni tepgan bo‘lar edim”
- Keyt Hadson – “Ularning orzulari ohangi”
- Renate Reinsve – “Sentimental qadriyat”
- Emma Stoun – “Bugoniya”
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa:
- El Fanning – “Sentimental qadriyat”
- Inga Ibsdotter Lilleos – “Sentimental qadriyat”
- Emi Medigan – “Qurol”
- Vunmi Mosaku – “Gunohkorlar”
- Teyyana Teylor – “Jang ortidan jang”
Eng yaxshi rejissyor:
- Xloya Chjao – “Hemnet”
- Josh Safdi – “Buyuk Marti ”
- Pol Tomas Anderson – “Jang ortidan jang”
- Yoaxim Triyer – “Sentimental qadriyat”
- Rayan Kugler – “Gunohkorlar”
Eng yaxshi film:
- “Bugoniya”
- “F-1”
- “Frankenshteyn”
- “Buyuk Marti ”
- “Jang ortidan jang”
- “Maxfiy agent”
- “Sentimental qadriyat”
- “Gunohkorlar”
- “Poyezdlar haqidagi tushlar”
Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati “Oskar” mukofotining rasmiy saytida e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda Amerika kinematografiya san’ati va fanlari akademiyasining 97-“Oskar” taqdirlash marosimida o‘zbekistonlik fohisha qiz haqida ekani iddao qilingan “Anora” filmi g‘olib deb topilgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr