Osiyo va Afrikaning qashshoq mamlakatlari tufayli iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash xavf ostida qolmoqda

Olam

image

Osiyo va Afrikaning qashshoq mamlakatlari tufayli iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash xavf ostida qolmoqda. BMT Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturining UNEP transport bo‘limi boshlig‘i Rob de Yongning ta’kidlashicha, insoniyatni global falokatdan qutqarish ushbu davlatlarga bog‘liq, chunki ularning aholisi elektromobillarni sotib ololmaydi.

"Agar biz faqat AQSH, Finlyandiya va Gollandiyaga elektromobillar olib kelsak, iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga erisha olmaymiz. Kam va nol chiqindilar chiqaradigan avtomobillar past va o‘rta daromadli mamlakatlarga ham yetkazib berilishi kerak", deydi de Yong.

Ta’kidlashicha, hozirgi vaziyat uchun javobgarlikning bir qismini avtomobil va mototsikl ishlab chiqaruvchilar zimmasiga yuklash lozim. Chunki odamlar arzon, ekologik toza transport vositalariga muhtoj. 

Ma’lumot o‘rnida, 1751 yildan 2017 yilgacha Afrika va Janubiy Amerika issiqxona gazlari chiqindilarining atigi uch foizini tashkil qilgan. 2019 yilda Afrika atmosferaga 1,43 milliard tonna karbonat angidrid, shuningdek Janubiy Amerikaga 1,1 milliard tonna, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga esa 2,9 milliard tonna chiqindi tashlagan.

Shuningdek, de Yong, kambag‘al mamlakatlarda aholi sonining ko‘payishi tufayli yaqin kelajakda zararli chiqindilar miqdori oshishini, Keniyada bu ko‘rsatkich 2005 yildan beri ikki barobar oshganligini alohida ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing