Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan o‘zbekistonlik dzyudochilar nomi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
18 Sentabr 2023
2690Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda Dzyudo Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida o‘tadigan XIX Osiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi.
Erkaklar:
-60 kilogramm: Dilshod Barotov
-66 kilogramm: Sardor Nurullayev
-73 kilogramm: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kilogramm: Muso Sobirov
-90 kilogramm: Davlat Bobonov
-100 kilogramm: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kilogramm: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kilogramm: Halima Qurbonova
-52 kilogramm: Diyora Keldiyorova
-57 kilogramm: Shukurjon Aminova
-63 kilogramm: Sevinch Isoqova
-70 kilogramm: Gulnoza Matniyozova
-78 kilogramm: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kilogramm: Rinata Ilmatova
Ma’lumot uchun, musobaqaning dzyudo bo‘yicha bahslari 24-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xanchjou-2022 da ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishi ochiqlangan edi.
LiveBarchasi