Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 16 sentyabr kuni yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda boshchiligidagi futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bo‘lajak musobaqada ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketgan. 

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga jalb etilgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi quyida keltirilgan: 

Murabbiy: Midori Xonda.

Darvozabonlar: Maftuna Jonimqulova, Kumushoy G‘ulomova, Nilufar Baxtiyorova.

Himoyachilar: Feruza Boboxo‘jayeva, Komila Zaripova, Maftuna Shoyimova, Shohida Tojiddinova, Madina Hikmatova, Nafisa Nabiqulova, Sevinch Qo‘chqorova.

Yarim himoyachilar: Dilrabo Asadova, Nozimaxon Ergasheva, Asalxon Aminjonova, Gulzoda Amirova, Umida Zaripova, Ilvina Ablyakimova.

Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Aziza Norboyeva, Zarina Mamatkarimova, Zarina Norboyeva, Diyoraxon Habibullayeva, Lyudmila Karachik, Mahliyo Nazarqulova. 

Ma’lumot uchun, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston o‘z tarixidagi eng katta delegatsiya bilan ishtirok etadi. Jami 350 dan ziyod o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston boks federatsiyasida rahbariyat, terma jamoa bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Xanchjou mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan o‘zbekistonlik bokschilar nomi e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston terma jamoa Midori Xonda Xanchjou-2022

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing