Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Terma jamoa tarkibidan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan. Ular orasida Belgiyaning “Antverpen” klubida to‘p tepayotgan Muhammadali O‘rinboyev ham bor.

O‘zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi tarkibi:

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida Filippin, Quvayt va Vetnamga qarshi bahs olib boradi. Jamoa musobaqadagi birinchi uchrashuvini joriy yilning 15 sentyabr kuni Filippinga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2023 yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XIX Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing