Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqdi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa guruh bosqichining 2-turida Quvayt olimpiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda har ikki golga ham Sardor Bahromov mualliflik qildi. U 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada ikkinchi golini urib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Roziboy Fayzullayev ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydonni tark etdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qolgan vaqtni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazganiga qaramay, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa, uchrashuv 2:0 hisobida O‘zbekiston foydasiga yakunlandi.

Natijada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari “S” guruhida 6 ochko jamg‘argan holda muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qildi. Endilikda Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvida joriy yilning 22 sentyabr kuni Vetnamga qarshi o‘tkaziladi. Ushbu bahs guruh bosqichining yetakchisini aniqlab beradi.

Ma’lumot uchun, 2-turdan so‘ng Vetnam 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing