Osiyo o‘yinlari oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Sport

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati” muzeyida Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar siyosati sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari nufuzli musobaqa oldidan OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi. 

Anjumanning bosh spikeri Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov sportchilarning musobaqaga tayyorgarlik jarayonlariga to‘xtalib, ularning bahslarga yangicha tizim asosida hozirlik ko‘rganini aytdi.

Shuningdek, Ikromov O‘zbekistonga asosiy medallarni olib keladigan sport turlaridan tashqari, boshqa turlar ham yaqin yillar ichida o‘z samarasini berishini ma’lum qildi. 

“Oxirgi vaqtlarda stol tennisi bilan shug‘ullanadigan sportchilarning natijalari yaxshilanmoqda, badminton bo‘yicha katta ishlarni esa endi boshladik. Keyingi yillardan badmintonning ham ommaviyligini ta’minlasak, yaxshi natijalarga erishamiz”, deydi Ikromov.

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston o‘z tarixidagi eng katta delegatsiya bilan ishtirok etadi. Jami 350 dan ziyod o‘zbekistonlik sportchi medallar uchun kurashishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing