Osiyo kubogi-2023: Bugun O‘zbekiston Hindiston bilan o‘ynaydi

Sport

image

Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 2-tur o‘yinlari start oldi. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 18 yanvar kuni hindistonlik futbolchilarga qarshi saf tortadi.

1-turdan keyin Srechko Katanets shogirdlari hisobida 1 ochko mavjud, hindistonlik futbolchilar esa chempionatda hali ochko qo‘lga kiritmadi.

Bugungi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi oq rangli liboslarda harakatlanadi, darvozabon esa qora libosda maydonga tushadi. Uchrashuvni xitoylik FIFA referisi Fu Ming boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Jou Fey va Jang Cheng yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iordaniyalik Adham Mahadmeh ishlaydi.

O‘zbekiston-Hindiston bahsi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi. Uchrashuvga “Ahmad bin Ali” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Srechko Katanets Fu Ming

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing