Orzuga ayb yo‘q. Azar xayolan AQSH prezidenti

Sport

image

"Real Madrid" va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar sayyoradagi qaysi odam bilan o‘rnini almashishi mumkinligi haqida xayol qildi. Futbolchi o‘zini Jo Bayden o‘rniga AQSH Prezidenti sifatida sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, unda sayyoradagi qaysi inson bilan o‘rin almashgan bo‘lardingiz, deb so‘ralganda, u Jo Bayden bilan kamida besh daqiqa o‘rin almashishni xohlashini aytgan.

“Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lish... Eden Azar AQSH prezidenti. Ajoyib eshitiladi, shunday emasmi? Oq uy va men, ofisda qo‘lda sigaret bilan o‘tiribman”, deya javob qaytargan u.

Eslatib o‘tamiz, Eden Azar "Real"ga o‘tishdan oldin "Chelsi" va "Lill" klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda u madridliklar safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing