Ortiq Otajonov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov bugun, 17 may kuni 72 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqdagi xabarni QALAMPIR.UZ’ga san’atkorning oila a’zolari tasdiqladi. 

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvarda Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Xitoy qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ortiq Otajonov 1962 yil Xorazmdagi musiqa bilim yurtiga o‘qishga kiradi. U yerda taniqli sozanda Ozod Ibrohimovdan rubob chalish bo‘yicha saboq oladi.

Uning san’atkor bo‘lib yetishishida buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning o‘rni beqiyos bo‘lgan. 

Ortiq Otajonov to‘rt farzandning otasi edi. Uning o‘g‘li Ulug‘bek Otajonov otakasbni davom ettirgan. Qizi Karomatning o‘g‘li Ali Otajonov ham bobosining ortidan ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprel kuni Ortiq Otajonovning turmush o‘rtog‘i Gulsara Aminova vafot etgan edi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ortiq Otajonov

Baholaganlar

727

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar