Ortiqxo‘jayevning o‘rnini Allamjonov egallaydimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga jamoat fondi Matbuot kotibi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, Komil Allamjonov Toshkent shahar hokimi lavozimini egallashi haqidagi xabarlar asosga ega emas. 

“Jurnalist va blogerlardan turli asossiz mish-mishlarlarning tarqalishiga hissa qo‘shmaslik, axborot tarqatishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent shahrining amaldagi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. U 2018 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hokim etib saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

966

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing