Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari Yashnobod hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Rahmonqulov Baxtiyor Tugamboyevich Yashnobod tumanining hokimi etib tayinlandi.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 

1997 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha va 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

2018 yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Yashnobod tumanini 2018 yil iyul oyidan beri boshqarib kelgan Xojiakbar Kamoliddinovich Tillashayxov 24 avgust kuni lavozimidan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing