Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 Aprel 2022 9320 1 daqiqa
Bugun, 13 aprel kun Aleksey Fedorovich Xen Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Aleksey Xen Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Aleksey Xen 1983 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDYUU) tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur lavozimda shu vaqtga qadar Sardor Abdullayev faoliyat yuritgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr